AsosiyJamiyat

“Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi.

'“Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi'ning rasmi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, “elektron retsept” tizimi bekor qilinishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilingan. Amaldagi hujjatlarga ko‘ra, aksincha, ushbu tizimni bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilgan.

Xususan, 2025 yil 15 dekabrdagi buyruqqa muvofiq, elektron retsept asosida beriladigan dori vositalari ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Birinchi bosqichda antibiotiklar, sintetik antibakterial va gormonal preparatlar uchun elektron retsept majburiy etib belgilangan.

Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri va tajriba-sinov o‘tkazilayotgan 15 ta hududdagi barcha tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarni to‘liq elektron retsept tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, kuchli ta’sir qiluvchi, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar saqlovchi ayrim dori vositalari hamda reimbrursatsiya dasturiga oid jarayonlar mazkur tizimdan mustasno bo‘lib qoladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:55

    Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi

    Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

    'Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi

    2026 yilning 17–22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi.

    'Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:11

    Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir necha shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda

    Kievning Yevropa Ittifoqiga shoshilinch qo‘shilish borasidagi talablari Bryussel bilan munosabatlarda taranglikka sabab bo‘lmoqda.

    'Tramp Yevropa davlatlarini Ukraina masalasida tanqid qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Tramp Yevropa davlatlarini Ukraina masalasida tanqid qildi

    AQSh prezidenti NATO mamlakatlarini Ukrainadagi vaziyat uchun mas’ul deb atab, ularning harakatlarini keskin baholadi.

    'AQSH Yevropadagi harbiylar sonini ochiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:55

    AQSH Yevropadagi harbiylar sonini ochiqladi

    Yevropada joylashgan amerikalik harbiylar soni va ularning asosiy qismi qayerda xizmat qilayotgani ma’lum qilindi.