AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi qachon bo‘lishi aytildi

Prezidentlik saylovi 3-iyun, seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

'Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi qachon bo‘lishi aytildi'ning rasmi

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 3-iyun, seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "Yonhap" agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, axborot agentligi xodimi bilan hukumat vakili telefon orqali suhbatlashgan.

Suhbat davomida ushbu masala davlat kengashining ertangi yig‘ilishida muhokama qilinishi va shu sana qabul qilinishini aytgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy o‘tib, lavozimidan butunlay chetlashtirilgan edi.

Konstitutsiyaviy sud uning impichmenti haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar