AsosiyDunyo

Belgiya Ukrainaga 1 milliard yevro va F-16 qiruvchi samolyotlarini topshiradi

Belgiya Bosh vaziri Ukraina yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini olishi bilanoq Kiyevga yanada ko‘proq F-16 samolyotlarini yetkazib berishini bildirgan.

'Belgiya Ukrainaga 1 milliard yevro va F-16 qiruvchi samolyotlarini topshiradi'ning rasmi

Belgiya Ukrainaga to‘rtta F-16 qiruvchi samolyotini topshiradi. Ulardan ikkitasi joriy yilda, yana ikkitasi kelgusi yilda ehtiyot qismlar sifatida mamlakatga olib kelinadi. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Belgiya Bosh vaziri Bart de Vever Ukraina yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini olishi bilanoq Kiyevga yanada ko‘proq F-16 samolyotlarini yetkazib berishini aytgan.

Bundan tashqari, Bart de Vever Ukrainaga 1 mlrd yevro ajratishga va’da bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar qurol sotib olish va Ukraina harbiy-sanoat kompleksini kuchaytirishga sarflanadi.

    Boshqa yangiliklar