O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ikki davlat vakillari siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha fikr almashganlar.
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov hamda Marko Rubio strategik sheriklik doirasidagi yuqori darajadagi muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish orqali ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani qo‘llab-quvvatlashga kelishib olgan.