Rossiyaning Zabaykal o‘lkasidan saylangan deputat 4 yil davomida Ukrainada turib masofadan ishlagan — u fuqarolarni VPN orqali videoaloqa orqali qabul qilib, "muammolarni hal qilgan".
Zabaykal o‘lkasidan saylangan mahalliy deputat to‘rt yil mobaynida Ukraina hududida yashagan holda o‘z ishini masofadan turib bajarganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, u fuqarolarni videobog‘lanish orqali, VPN xizmati yordamida qabul qilgan va boshqa deputatlardan yomon ishlamagan.
Deputat o‘z chiqishida shunday degan: “Men ishimni vijdonan bajarganman. VPN orqali videomuloqot o‘tkazib, fuqarolarning muammolarini eshitganman, ularga yordam berganman. Menimcha, ko‘pgina boshqa deputatlarga qaraganda samaraliroq faoliyat yuritganman”.
Avvalroq ushbu deputatni vakolatlaridan mahrum etish masalalari ko‘tarilgan. Biroq kengash bunga qarshi chiqqan
Mazkur holat jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Qonunchilik nuqtayi nazaridan esa, deputatning faoliyati va uning ish joyida doimiy ravishda bo‘lish majburiyati masalasi yana bir bor kun tartibiga chiqdi.
Deputat keyinchalik Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘zaro asirlar va fuqarolarni almashish chog‘ida o‘z vataniga qaytishni rejalashtirmoqda.
Abdulloh Sayyid