AsosiyDunyo

Amerikalik ayol taniqli supermodelga o`xshash uchun plastik operasiyalarga 15 ming dollar pul sarfladi

AQShning Nyu-York shtatida yashovchi ayol supermodel Bella Xadidga o`xshash uchun 15 ming dollardan ortiqroq pul sarfladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Menedjer bo`lib ishlovchi 25 yoshli Banni Smit (Bunny Smith) rinoplastika(burun shaklini o`zgartirish), iyak shaklini o`zgartirish kabi amaliyotlarni boshdan kechirdi. U botoks va filler kabi muolajalarni qabul qilgan.

Endilikda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, ayolning yaqinlari va do`stlari uning amerikalik supermodelga o`xshashini ta`kidlamoqda.

“Men shunchaki tashqi ko`rinishimni biroz tartibga solmoqchi edim”, — deydi Banni.

Banni ikkinchi marta o`tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so`ng kutilgan natijaga erishgan.

Boshqa yangiliklar