AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi

Bu muhim tashabbus Navoiy viloyatining Konimex tumanida amalga oshirildi.

'O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi'ning rasmi

O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi. 

O‘zbekiston tarixida ilk bor yomg‘irni sun’iy yo‘llar bilan yog‘dirish imkonini beruvchi ilg‘or texnologik uskuna ishga tushirildi. Bu muhim tashabbus Navoiy viloyatining Konimex tumanida amalga oshirildi.

Uzoq yillardan beri mintaqada kamyog‘ingarchilik, qurg‘oqchilik va suv yetishmovchiligi dehqonchilik hamda chorvachilik sohalari uchun jiddiy muammo tug‘dirayotgan edi. Tabiat in’omlarining kamayishi mahalliy aholi turmush tarzi va oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandi.

Mavjud muammolarni yengish maqsadida tumanda yangi usul tanlandi – atmosferada sun’iy ravishda bulut shakllantirib, yomg‘ir yog‘dirishga qodir zamonaviy qurilma olib kelindi. Mazkur texnologiya O‘zbekistonda birinchi marta ishlatilayotgan bo‘lib, u asosan qurg‘oqchilikka qarshi kurashish va yaylovlarning holatini yaxshilash kabi vazifalarga qaratilgan.

Loyiha Qozog‘istonda joylashgan “International Centre of Climate Change Technologies” (ICCT) markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Texnologiya yordamida mahalliy xo‘jaliklar suv zaxiralariga kamroq bog‘liq bo‘ladi, ayniqsa chorva va dehqonchilikda ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlanishi mumkin.

Ekolog mutaxassislarning fikricha, ushbu tashabbus nafaqat tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantiradi, balki atrof-muhit muvozanatini saqlash, qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish yo‘lida ham muhim qadam hisoblanadi.

Bu innovatsion yondashuv, agar amaliyotda o‘zini oqlasa, boshqa hududlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

                                         Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ozarbayjonda erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:59

    Ozarbayjonda erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

    Oʻzbekistonda 33 yoshli erkak onasiga hujum qilib, uni oʻldirganidan soʻng oʻz joniga qasd qildi.

    'Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi — “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi g‘olibi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15

    Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi — “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi g‘olibi

    Termiz shahrida joylashgan Surxon arena maydonida tashkil etilgan musobaqaning 3-oʻrin uchun va final bahslari qizgʻin tarzda oʻtkazildi.

    'Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:32

    Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

    'Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:23

    Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi

    Holat ortidan 3 bosh chorva moli nobud bo‘lgan.

    'Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:58

    Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?

    Viloyat IIM matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.