AsosiyJamiyat

O‘zbekistondagi megaloyiha uchun 2000 dan ortiq olim birlashdi

O‘zbekistonda qurilishi yakunlanish arafasida turgan Islom sivilizatsiyasi markazi uchun 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar jalb qilindi.

'O‘zbekistondagi megaloyiha uchun 2000 dan ortiq olim birlashdi'ning rasmi

O‘zbekistonda qurilishi yakunlanish arafasida turgan Islom sivilizatsiyasi markazi uchun 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar jalb qilindi. Ular bu yerda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazmunli kontentlar va tarixiy artefaktlar bilan boyitish ustida ish olib boryapti. Bu haqda Markazning kengaytirilgan Ilmiy kengash yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaz qurilishi bilan tanishgan va qator topshiriqlar bergan edi. Shundan so‘ng Vasiylik kengashi raisi Abdulla Aripov rahbarligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda ekspozitsiyani boyitish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Sentyabrda ochilishi rejalashtirilgan Markazda hozirda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus Ishchi guruhlar faoliyat yuritmoqda. Ular Islom sivilizatsiyasiga oid 800 dan ziyod loyihani ishlab chiqishgan. Ularning 400 dan ortig‘i bo‘yicha ishlar boshlangan, qolganlari 3 bosqichda amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Markazdagi ekspozitsiyalarda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” konsepsiyasi keng yoritiladi. Ekspozitsiya bo‘limlari soni 7 tadan 9 taga ko‘paygan. Yangi bo‘limlarda mamlakatning tashqi siyosatdagi yutuqlari va yoshlar imkoniyatlari aks ettiriladi.

Bundan tashqari, Markaz muzeyida “Vaqt devori” loyihasi amalga oshirilmoqda. Unda Amir Temur va Temuriylar davri, shuningdek, Boburiylar zamonidagi muhim voqealar miniatyura va monitorlar yordamida namoyish etiladi.

Markaz kutubxonasi uchun esa 30 ming bosma va 350 ming elektron kitobdan iborat fond shakllantiriladi. Kutubxona ochiq fondli bo‘lib, hatto xorijiy mehmonlar va bolalar uchun ham xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kutubxonada tor ixtisoslik yo‘nalishida maxsus manbashunoslik o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, muzey uchun 1000 ta eksponat katalogi tuzilgan bo‘lib, ularning soni 2000 taga yetkaziladi. Eksponatlar maxsus vitrinalarda, xalqaro standartlarga mos ravishda joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasini keng namoyish etish, yosh avlodni tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash va yangi ilmiy kontentlar yaratish maqsadida barpo etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 20:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 19:21

    'Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 16:02

    Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi?'ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 14:42

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi?

    Bu bo‘yicha Milliy satistika qo‘mitasi xabar berdi.

    'Endi nogironlik pensiyalari ham fuqarolar murojaatisiz tayinlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 13:55

    Endi nogironlik pensiyalari ham fuqarolar murojaatisiz tayinlanadi

    2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

    'Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi hamkorligi yanada rivojlanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 29.05.2025 13:40

    Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi hamkorligi yanada rivojlanmoqda

    Prezidentimiz o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda hamkorlikdagi ishlarimizning biz uchun ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.