1. QABZIYaTDA
Nahorga 1-2 choy qoshiq qovoq yog`i ichiladi. Bavosilda esa paxtani qovoq yog`ida namlab, tapmon sifatida uyquga yotishdan oldin qo`llash mumkin. Har ikkisida ham muolaja davomiyligi 14 kun.
2. SISTIT
Xastalik xurujlari, jinsiy a`zolar yallig`lanishi hamda siydik yo`llaridagi infeksiyalarga qarshi kunora kuniga uch mahal 8-10 tomchidan qovoq yog`i qabul qilinadi.
3. ATEROSKLEROZ HIMOYaSI
Shuningdek, biror operasiyadan keyingi darmondori o`rnida har 2-3 kunda bir marta ertalab 1 choy qoshiq qovoq yog`i iste`mol qilish foydadan xoli bo`lmaydi.
4. ME`DA FAOLIYaTI
Oshqozon yarasi, gastrit hamda 12 barmoqli ichak yaralari huruj qilganida ovqatdan bir soat oldin 1-2 choy qoshiq qovoq yog`i ichish lozim.
5. QORIN DAM BO`LIShI
Qorinda og`irlik paydo bo`lishi, jig`ildon qaynashi tez-tez kuzatilayotgan bo`lsa, kunora 1 choy qoshiq qovoq yog`idan ichib turing.
6. TERI KUYGANIDA
Jarohatlangan teri yuzasiga qovoq yog`i surtish yoki yoqqa botirilgan dokada kompress qilish foyda beradi. Yog`li bog`lamni har 12 soatda almashtirib turish lozim. Agar teri yuzasiga surtilsa, har 8-10 soatda muolaja takrorlanadi.
7. TERIDAGI ChANDIQLAR
hasharot chaqishi, husnbuzar, teri toshmalari hamda yiringli yara o`rnida qolgan chandiqlarni ketkazishda qovoq yog`idan surtib qo`ysangiz kifoya. Yog` surtayotganda teriga asta singdirib, aylanma harakatlar bilan uqalang.
8. OG`IZ VA TOMOQ KASALLIKLARI
Yarim stakan qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq qovoq yog`ini aralashtiring. Aralashma bilan og`iz va tomoq g`arg`ara qilinsa, yo`tal, og`riqlar, stomatit hamda milk yallig`lanishlariga davo bo`ladi. Muolaja davomiyligi 3-5 kun.
9. KOSMETOLOGIYaDA
Yuz terisi quruqlashganida qovoq yog`ini muammoli sohaga surtib, 30-40 daqiqaga qoldiring. So`ng nam salfetka yordamida artib oling. Qovoq yog`i terini namlantirib, quruqlashish alomatlarini bartaraf etadi.
10. SOCh TO`KILIShIDA
Biroz namlangan soch ildiziga qovoq yog`idan surtib, engil uqalang. 15-20 daqiqadan keyin esa iliq suvda chayib olasiz. Muolaja bir haftada 2-3 marta takrorlanishi mumkin.