AsosiySalomatlik

Varikozga qarshi 4 chora

1. Ezg`ilangan bir bo`lak sarimsoqpiyozni 2 osh qoshiq saryog` bilan aralashtiring. hosil bo`lgan aralashmani oyoqdagi muammoli sohaga surtib, ustini sellofan bilan o`rang. Bir soatdan so`ng malhamni iliq suvda yuvib olasiz. Teri quruqlashib ketmasligi  uchun bolalar kremidan surtishingiz mumkin.

2. 1 stakan o`simlik yoki zaytun yog`iga 50 gramm maydalangan yong`oqni aralashtiring. Aralashma 7-8 kun davomida qorong`u joyda saqlanishi lozim. Tayyor bo`lgach, 50 daqiqa davomida bug`li vannada qaynatib olasiz. Hosil bo`lgan aralashmani dokadan o`tkazib, alohida idishga suzib oling. Ushbu malhamni bir kunda 3-5 marta muammoli sohaga surtish mumkin.

3. 100 gramm qatiqqa 1-2 osh qoshiq quritilgan shuvoq o`simligi aralashtiriladi. hosil bo`lgan bo`tqaga ozroq sariyog` ham qo`shiladi. Ta`siri ortishi uchun aralashmani yarim soat muzlatgichda ushlang. So`ng foydalanishingiz mumkin. Venalarning varikoz kengayishi yuzaga kelgan sohaga asta aralashmadan surtib, engil uqalaysiz-da, yuzasini issiq sharf bilan o`rab qo`yasiz. Surtma tunda ishlatilgani ko`proq foyda beradi.

4. Navbatdagi mazni tayyorlash uchun yangi uzilgan kalanxoe o`simligining bargi kerak bo`ladi. 3-4 ta o`simlik bargini mayda to`g`rab, 1 osh qoshiq vazelin bilan bug`li vannada aralashtiring. 5-7 daqiqadan so`ng olovdan oling-da, sovuting. Maz bir sutka muzlatgichda turishi kerak. Shundan so`ng varikoz kengayish hosil bo`lgan sohalardagi og`riqlarga qarshi qo`llash mumkin bo`ladi. 

Boshqa yangiliklar