Banan
- Bu ekzotik meva tarkibida S, V6 va E vitminlari bo`lib, bir haftada 2 marta och qoringa iste`mol qilish organizmni zararli tiqinlardan halos etadi.
Yashil olma
- Muntazam iste`mol qilinganida qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi. Tarkibidagi pektin hisobiga qabziyat yuzaga kelishining oldini oladi.
Limon
- Mazkur meva sharbati shamollashga qarshi hususiyati bilan yaxshi ma`lum. Qolaversa, immunitetni ham mustahkamlaydi. Tarkibidagi komponentlar hisobiga organizmdagi infeksiyalar ta`sirini kamaytiradi.
Uzum
- Bu meva tarkibida glyukoza hamda fruktoza bo`lib, qonga tez singadi va tetiklashtiradi. Fruktoza ichaklar faoliyatini yaxshilab, tomirlarni kengaytiradi. Ayniqsa, kamqonlikka davo bo`lishi bilan juda foydali.
Petrushka ko`kati
- Hazm faoliyatini yaxshilash bilan birga ichaklarni tiqinlardan halos etadi. Muntazam iste`mol qilinganida tomirlarning varikoz kengayishi, teri kataklarining ifloslanishi kabilarga davo bo`ladi.
Sabzi
- Kletchatkaga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bolalardagi zararli parazitlar, gijjalarga qarshi samarali ta`sirga ega. Kun davomida 1-2 ta qizil sabzi yoki uning sharbati ayni muddao.
Selderey ko`kati
- Buyrakni tozalovchi hususiyati bilan yaxshi ma`lum. Shuningdek, ortiqcha tana vaznidan halos bo`lishni istaganlarga ham asqotadi. Ko`kat bandida tiqinlarga qarshi foydali komponentlar bor. Shuningdek oyoq-qo`ldagi shishlarda ham siydik haydovchi ta`sirga ega.
Qizil lavlagi
- Me`da va jigarni tozalashda eng qulay va foydali mahsulotlardan biri. Sharbat yoki yarim tayyor pishirilgan holatda iste`mol qilish tavsiya etiladi.
Sarsabil
- Butun organizmni tozalaydi. Tarkibidagi antioksidantlar tiqinlarni parchalab, ichaklar yurgazuvchanligini oshiradi.