AsosiyJamiyat

Fransiya Prezidenti Fransua Olland Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tgan saylovda Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O`zA. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga 

Janob Prezident! 

Fransiya xalqi va shaxsan o`z nomimdan Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan tabriklab, davlat rahbari sifatida mas`uliyatli faoliyatingizda va mamlakatda keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 

Shu munosabat bilan davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik darajasiga e`tibor qaratishni istardim. Yaqinda o`tgan vazirlar uchrashuvlari buning yorqin tasdig`idir. Munosabatlarimiz, jumladan, iqtisodiyotning ikki davlat korxonalari uchun katta imkoniyatlar yaratadigan turli sohalarida yanada rivojlanishiga ishonaman. 

Sizni mintaqada barqarorlikni saqlash, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar rivojlanishga qaratilgan tashabbuslaringizni hayotga tatbiq etishda Fransiya qo`llab-quvvatlashini ta`kidlamoqchiman. 

Janob Prezident, samimiy hurmatimni qabul qilgaysiz. 

Fransua Olland,
Fransiya Respublikasi Prezidenti

Boshqa yangiliklar