AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

'Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 3 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu ma’noda, Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 29.04.2025 11:52

    Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

    Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

    'Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 18:09

    Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

    Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 13:20

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

    'Lavrov hamda Baxtiyor Saidov Samarqandda muzokara o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 24.04.2025 10:04

    Lavrov hamda Baxtiyor Saidov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

    Ikki davlat TIV rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash borasida fikr almashgan.

    'Lavrov Samarqandga keldi'ning rasmi

    Siyosat 23.04.2025 08:31

    Lavrov Samarqandga keldi

    Rossiya TIV rahbarini Baxtiyor Saidov kutib oldi.

    'Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 23.04.2025 08:14

    Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    Ta’kidlanishicha, Kashmir hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan.