1

Lola Yo`ldosheva farzandlariga qo`llaydigan tarbiya usullari haqida gapirdi

Shou-biznes 16.12.2016, 13:37
Teglar: Farzand, Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva
Lola Yo`ldosheva farzandlariga qo`llaydigan tarbiya usullari haqida gapirdi

«Tarbiya masalasida onamga o`xshashni istayman. To`rt farzand shunday ahilchilikda ulg`ayganmizki, ko`rganlar chin dildan havas qilishadi», deydi Lola YO`LDOShEVA. Bugun iste`dodli xonanda ikki bolaning onasi. O`z tarbiya usullariga, tutumiga ega. Keling, yaxshisi, hammasini o`zidan eshitamiz...

«Bu baxtni faqat his etish mumkin...»
— Pazanda kelin, oqila rafiqa bo`lish haqida qo`llanmalar ko`p. Kimdandir qaysidir taomni qanday tayyorlashni o`rganish mumkin. Ammo ona bo`lish ilmi yoki odobini-chi? Menimcha, onalikni biror tartib-qoidalar bilan ifodalab bo`lmaydi. Uni faqat his etish mumkin. Bu hissiyotlar nafaqat farzandingizga nisbatan, balki hayotga ham qalbingizda mehr-muhabbat uyg`otadi. Men ham bolalarim dunyoga kelgachgina, ona zoti qanday bo`lishini tushuna boshladim. Jigarbandlarim ulg`aygani sayin ular hayotida qanchalik muhim inson ekanligim, yanada ma`suliyatli bo`lishim kerakligini anglayapman. Yuki og`ir, ammo baxti ulkan BAXT ekan — ONALIK! 
 
«Har kuni sovg`a olaman!» 
— Kichkintoyning tishi chiqishi, ilk bor «dada» yoki «oyi» deyishini yangilik desangiz, tayyor turing, hali oldinda bundan-da qiziqarlilari kutmoqda. Ishonsangiz, har kuni farzandlarimni yangidan kashf qilaman. Fe`l-atvorida, muomalasida yangiliklarni kuzataman. Ular bilan har kunim bayram va kutilmagan sovg`alarga boy o`tadi! 


«O`rnak bo`layapmanmi?»
— Menimcha, har bir inson o`ziga shu savolni bersa kerak? Faylasuflardan biri «Bolani emas, ota-onalar o`zlarini tarbiyalashlari kerak», deya bejiz aytmagan. Rosti ham shu-da. Agar o`zim ular oldida xato ish qilsam yoki odobli bo`linglar deb uqtirib, tartibsiz ovqatlansam, nima bo`ladi? Menimcha, tarbiyadagi eng ma`qul usul ham shu — ota-onaning namuna bo`lishi!
 
«Ba`zida qattiqqo`lman!»
— Tarbiya borasida ma`lum prinsiplarga tayanmayman. Kezi kelganida qattiqqo`lman, gohida kuyinchalik qilaman. Vaziyatga qarab, sho`xliklariyu erkaliklariga ham xolis qarayman. Birga qo`shiq kuylaymiz, biror nimalar yasaymiz. Biroq turli «gadjitlar»ga ruxsat yo`q. Faqat dam olish kunlarigina telefon yoki kompyuterdan foydalanishlari mumkin. Boshqa paytlari bo`sh qolishsa ham, vaqtlarini bekor o`tkazishlarini istamayman.

«Bola ham shaxs»
— Bolalarim bilan kattalardek suhbatlashaman. Ular doim o`z fikriga ega bo`lishlarini istayman. Hali bola-ku demayman! Shaxs sifatida shakllanishlari uchun bu juda muhim! Har qanaqa masalada qizim va o`g`limning fikriga qiziqaman. Bolalarcha fikrlashsa ham, gaplarni inobatga olaman. Noto`g`ri gapirishsa, xatosini tushuntiraman. Asosiysi, o`z fikrini ifoda etayotgani.
 
«Qo`l ko`tarishga qarshiman!»
— «Bola nimani ham tushunardi», deyish noto`g`ri. Farzandlarimiz hammasini tushunishadi, faqat o`z bilganlaricha. Yo`naltirsak, albatta, to`g`ri xulosa chiqarishadi. Qizim yoki o`g`lim bilan biror masalada  gaplashmoqchi bo`lsak, dadasi bilan birga muhokama qilamiz. Nega bunday qilganini so`raymiz. So`ng qaerda xatoga yo`l qo`ygani va uni to`g`irlashini tushuntiramiz. Urishib, baqirib emas, oddiygina tushuntirish orqali. Axir urishish bilan hech nimaga erishib bo`lmaydi-ku! Aksincha bolaga qancha baqirib gapirsangiz, u aytganlaringizni shunchalik rioya qilmaydi. Bir kun kelib, u ham siz kabi ovozini balandlatmasligiga kim kafolat beradi?! Jazolashim esa sayrga chiqish yoki biror joyga borishdan mahrum etish. Jazo qanchalik to`g`ri bo`lsa, bola xatosining kattalashishiga yo`l qo`ymaydi.
 
«Qizim yig`loqi, o`g`lim erkatoy»
— Shahina singlimning o`zi. Qat`iyyatli, maqsadi sari intiluvchan va haqqini berib qo`ymaydiganlardan. Men kabi ta`sirchan ham. Multfilm yoki kino tomosha qilayotganida biror nimadan ta`sirlanib yig`lab yuborishi hech gap emas. Bir safar ko`chada ikki chelak gilos sotayotgan kishini ko`rib qoldik. O`tirgan joyida «Oyijon, qarang, hali ikki chelak mevasi bor ekan. Shuni sotib bolalariga nimadir olib beradi», dedi. Shu gaplaridan so`ng giloslarni sotib oldik. Indamay ketaversam ham bo`lardi. Ammo qizimdagi rahm-shafqat hissini javobsiz qoldirardim-da. Bu katta xatom bo`lardi. Kichikligidan vijdon, diyonat va insoniylikni tushunib voyaga etayotgani uchun juda xursandman. O`g`lim esa biroz erkatoy. Ammo opasidan bizni qizg`anmaydi. Aksincha hamisha Shahinaning yonini oladi.

Bola otasidan qo`rqishi kerakmi?
— «Bola otasidan qo`rqishi kerak» degan gaplarni eshitib qolaman. Yo`q, qo`rqishi kerak emas, hurmat qilsin. Ana shunda «Otam nima derkan?» deb o`ylanib ish qiladi. Farzandlarim otasini juda yaxshi ko`rishadi. Biror nimaga ruxsat bermasam, darrov dadasining yoniga chopishadi. Ayyor-da bular.
 
«Baxtimni ko`z-ko`z qilishni istamayman!»
— San`atga qiziqishsa, qarshilik qilmayman. Lekin atay film yoki kliplarda suratga tushirishni istamayman. Hatto o`zimning qo`shiqlarimga ishlangan kliplarda ham bolalarim qatnashishmaydi. Ular mening baxtim! Baxtni ko`z-ko`z qilish shartmas! 

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.

Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1