AsosiyJamiyat

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

'Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi'ning rasmi

Qonun (O‘RQ-1061-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

 Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi. 

Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Sirdaryo viloyatida agrosanoatni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 22:22

    Prezident Sirdaryo viloyatida agrosanoatni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi

    Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

    '“TOP-100” talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirganlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 21:53

    'Xorijga ketayotgan sirdaryolik ayol 7 oylik bolasini ko‘chaga tashlab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 18:26

    Xorijga ketayotgan sirdaryolik ayol 7 oylik bolasini ko‘chaga tashlab ketdi

    Bolaning cho‘ntagida qoldirilgan xatda farzandining ismi, yoshi va nima sababdan tashlab ketganligi yozilgan.

    'Xorijga ishlash va sayohatga ketadigan talabalarga 15 mln so‘m ssuda beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 16:53

    Xorijga ishlash va sayohatga ketadigan talabalarga 15 mln so‘m ssuda beriladi

    Har yili 2 ming nafargacha yoshlarning ishlash va sayohat xarajatlari qoplanadi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 16:00

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Afsonaviy Alkatras qamoqxonasi qayta ochilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 13:35

    Afsonaviy Alkatras qamoqxonasi qayta ochilishi mumkin

    Bu qamoqxona 62 yil avval yopilgan edi.