AsosiyShou-biznes

Raqqosa Parizoda kliplarda suratga tushishi evaziga qancha gonorar olishini ma`lum qildi

Yosh raqqosalar ichida kliplarda eng ko`p suratga tushadigan aktrisa Parizoda o`zbek san`atkorlari va xorijiy kliplardan qancha gonorar olishini ma`lum qildi. 

Bu haqda Parizoda “kinorama.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Odatda unchalik ham o`ynashni xohlamagan raqslarimning gonorarini qimmat aytaman. O`zimga yaqin bo`lgan, ko`p men bilan birga ishlagan xonandalarga ‘Menga buncha gonorar bering’, deb ayta olmayman. Chunki vaqti kelsa ular ham menga yordam berishadi. Ammo qo`shni davlatlardan takliflar tushib qolsa bemalol ‘Mana shuncha gonorar berasiz’ deb shartnoma tuzaman. Ayniqsa, klipga tushish kerak bo`lsa, uning o`ziga yarasha sarf-xarajati bo`ladi. O`zimizda klipga tushish uchun eng qimmat gonorarni 700 AQSh dollarida olgan bo`lsam, tojikistonlik, qozog`istonlik va boshqa davlatlar qo`shiqchilarining kliplarida suratga tushish uchun 1000 AQSh dollaridan yuqori olganman”,—deydi Parizoda.

Boshqa yangiliklar