Prezident Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan:
- oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
- oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;
- muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi;
Shuningdek, har bir ta’lim tashkiloti tarkibida ichki ta’lim sifati auditini amalga oshirishga mas’ul ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.