AsosiyJAMIYAT

Andijonda yo‘l yoqasidagi bekatda yong‘in chiqdi

Hodisa haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.

'Andijonda yo‘l yoqasidagi bekatda yong‘in chiqdi'ning rasmi

Andijon shahrida bekatlardan birida yong'in yuz berdi. Hodisa haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 6 iyun kuni soat 16:20 da 112 xizmatiga shaharning "Yaxshi" MFY, Pirmuhamedov ko'chasi yo'li bo'yida joylashgan bekatda yong'in chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar soat 16:25 da hodisa joyiga etib borgan va yong'in 16:32 da to'liq o'chirilgan.

Hodisa oqibatida bekatning 20 kvadrat metr qismi zararlangan, jabrlanganlar qayd etilmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida harakatlanayotgan yuk avtomobilida ham yong'in sodir bo'lgandi.

    Boshqa yangiliklar