AsosiyDUNYO

Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi

Gumonlanuvchilar Shengen vizasi uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun esa yana 2 ming yevrodan haq olgan.

'Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi'ning rasmi

Germaniyada Shengen vizalarini noqonuniy tarzda rasmiylashtirib bergan guruh fosh etildi. Bu haqda Germaniya Matbuot agentligi (DPA) xabar qildi.

Tergov organlari maʼlumotlariga koʻra, ushbu sxema orqali kamida 76 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Yevropa davlatlariga kiritilgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar Shengen vizasi uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun esa yana 2 ming yevrodan haq olgan. Shuningdek, qalbaki haydovchilik guvohnomalari 400 yevrodan sotilgani aniqlangan.

Sxemaning fosh etilishi Pragadan Amsterdamga harakatlanayotgan avtobusda Oʻzbekiston fuqarosi ushlanishi bilan boshlangan. Uning yonidan qalbaki Yevropa hujjatlari topilgan.

Germaniyada oʻtkazilgan keng koʻlamli maxsus operatsiyaga 220 nafar politsiya xodimi jalb etilgan. 7 ta manzilda tintuvlar oʻtkazilib, 12 nafar gumonlanuvchi aniqlangani xabar qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar