Gerianiya kanslerini saylash bo‘yicha ovoz berish Bundestagda bo‘lib o‘tdi.
Garchi kamida 316 ta ovoz talab etilgan bo‘lsa-da, Mersning nomzodligi uchun 630 deputatdan 325 nafari ovoz berdi. Endi Mers Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerdan rasmiy tayinlash hujjatini qabul qiladi. Mazkur hujjatni olganidan so‘ng, u rasman kansler maqomiga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng, u darhol Bundestagga qaytib, qasamyod qiladi.
Mers Germaniya tarixidagi o‘ninchi kansler bo‘ladi. U avvalroq Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni davom ettirishga va’da bergan edi. Shuningdek, u Kiyevga Taurus qanotli raketalarini yuborish tarafdori bo‘lgan. Biroq bu faqat Yevropa hamkorlari bilan kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkinligini aytgan.
Abdulloh Sayyid