AsosiyDunyo

AQSh Oliy sudi: Transgenderlar armiyada xizmat qilishdan chetlatilishi mumkin

Qaror 6 nafar konservativ sudya ovozi bilan qabul qilingan, 3 nafar sudya bunga qarshi chiqqan.

'AQSh Oliy sudi: Transgenderlar armiyada xizmat qilishdan chetlatilishi mumkin'ning rasmi

AQSh Oliy sudi “translyudey” armiyadan chetlatishga ruxsat berdi. Qaror 6 nafar konservativ sudya ovozi bilan qabul qilindi, 3 nafar sudya bunga qarshi chiqdi.

Oq uyning matbuot kotibasi Kerolayn Levitt bu qarorni “hukumat uchun katta g‘alaba” deb atadi. Biroq inson huquqlari faollari buni tanqid ostiga oldi. Ularning aytishicha, “transxodimlar” o‘z sadoqatini isbotlagan.

Mutaxassislarning fikricha, yangi cheklov minglab harbiy xizmatchilarga ta’sir qilishi mumkin.

Avvalroq Tramp transgenderlar armiyadagi xizmatini taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. Unda gender o‘zgarishi harbiy intizom va halollikka zid deb baholangan.

Faqat o‘zining harbiy ahamiyatini isbotlay olgan va so‘nggi 36 oyda jinsiy o‘zgarish qilmaganlar armiyada qolishiga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar