AsosiyDunyo

Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.

'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Hindistonning Pokistonga yo‘llagan havo hujumlari oqibatida 57 kishi yaralangan, 31 kishi halok bo‘lgan. Bu haqida “BBC” nashri Pokiston armiyasiga tayanib xabar bermoqda. 

Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif avvalroq Hindiston zarbalarini "jazosiz qolmaydigan jirkanch tajovuz" degan edi.

Armiya matbuot kotibi Ahmad Sharif Chaudrining aytishicha, Hindiston hujumi oqibatida 57 kishi yaralangan, 31 kishi halok bo‘lgan.

Hindiston ikki hafta oldin Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumga javob tariqasida jangarilar nishonlariga zarba berganini aytdi. Pokiston rasmiylari 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Pokiston bunga javoban artilleriyadan o‘q uzgan va Pokiston rasmiylariga ko‘ra, Hindistonning beshta samolyoti va bir dronini urib tushirganini aytgan. Biroq Hindiston hukumati bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Chorshanba kuni kechqurun AQSH prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashuvga qisqacha izoh berdi.

"Men ikkala davlatni ham yaxshi bilaman. Ular buni o‘zaro hal qilishlarini istayman", — degan u Oval ofisda jurnalistlarga.

Shuningdek, Tramp ikki mamlakat o‘rtasidagi urushni to‘xtatishni xohlashini aytib, yordamga tayyorligini ma’lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Erondagi hibslar va qatllardan havotir bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 10:46

    BMT Erondagi hibslar va qatllardan havotir bildirdi

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Yaqin Sharqdagi mojaro fonida fuqarolik makoni va so‘z erkinligiga bosim keskin oshganini ma’lum qildi.

    'Insoniyatning Oyga qaytishi boshlandi: Artemis II muvaffaqiyatli uchirildi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 05:10

    Insoniyatning Oyga qaytishi boshlandi: Artemis II muvaffaqiyatli uchirildi

    NASAning Artemis II missiyasi Florida sohillaridan muvaffaqiyatli start oldi va ekipajni Oy atrofida aylanish uchun tarixiy sayohatga olib chiqdi.

    'Fransiya prezidenti Trumpning tanqidlariga javob berdi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 04:41

    Fransiya prezidenti Trumpning tanqidlariga javob berdi

    Makron AQSH Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlashdan oldin Fransiya bilan kelishmaganini aytdi.

    'Trump Erondi "tosh davriga qaytarish" bilan tahdid qildi.'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 04:38

    Trump Erondi "tosh davriga qaytarish" bilan tahdid qildi.

    AQShning sobiq prezidenti Donald Trump Oq uyda millatga murojaat qilib, Eronga qarshi harbiy harakatlar yaqin haftalar ichida hal qiluvchi bosqichga kirishini ma'lum qildi.

    'Xitoy va Pokiston Erondagi urushni to‘xtatish rejasini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.04.2026 16:27

    Xitoy va Pokiston Erondagi urushni to‘xtatish rejasini taklif qildi

    Xitoy va Pokiston Eron atrofidagi mojaroni to'xtatish uchun qo'shma tinchlik tashabbusini taqdim etdi.

    'Xitoy Eron urushida tinchlik o‘rnatuvchi rolini o‘ynashga harakat qilmoqda — bu ish beradimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.04.2026 13:59

    Xitoy Eron urushida tinchlik o‘rnatuvchi rolini o‘ynashga harakat qilmoqda — bu ish beradimi?

    Si Szinpin Yaqin Sharq mojarosida vositachilik qilishga harakat qilmoqda.