O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.
Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.