AsosiySIYOSAT

Olmaliqdagi 2,7 milliard dollarlik mis loyihasi bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari ijrosi va istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

'Olmaliqdagi 2,7 milliard dollarlik mis loyihasi bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi'ning rasmi

So‘nggi yillarda mis sanoati energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot hamda “yashil” taraqqiyot uchun strategik ahamiyatga ega xomashyo sifatida qaralmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, mavjud zaxiralarni samarali o‘zlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil mart oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirilgan. “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish dasturi doirasida 196 gektar maydonda barpo etilayotgan mazkur loyihaning qiymati 2,7 milliard dollarga baholanmoqda. Fabrika to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan keyin yiliga 60 million tonna ma’dan qayta ishlanib, qariyb 900 ming tonna mis konsentrati ishlab chiqariladi.

Taqdimot davomida fabrikaning keyingi bosqichlarini ishga tushirish, texnologik jarayonlarni barqarorlashtirish va belgilangan ishlab chiqarish quvvatlariga o‘z vaqtida chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, yanchish sexidagi sharsimon tegirmonlar va flotatsiya liniyalarini bosqichma-bosqich to‘liq quvvatga chiqarish bo‘yicha aniq grafik ishlab chiqilgan.

Mutasadialarga joriy yil yakuniga qadar 3- mis boyitish fabrikasida rudani qayta ishlash hajmini oshirish, asosiy texnologik zanjirlarni to‘liq ishga tushirish hamda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Qayd etilishicha, 3-mis boyitish fabrikasi to‘liq ishga tushgach, kombinadda mis konsentratining kunlik ishlab chiqarish hajmi 2,4 ming tonnadan 5 ming tonnagacha yetkaziladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi hisobiga energiya sarfi va mahsulot tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Taqdimotda 4-mis boyitish fabrikasi loyihasi bo‘yicha ishlar ham muhokama qilindi.

Bildirilishicha, ayni paytda loyiha uchun bazaviy injiniring hujjatlari tayyorlanmoqda. Qurilish maydonida yer ishlari va geologik burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

Loyihani amalga oshirish jarayonida 3-fabrika tajribasidan kelib chiqqan holda texnologik yechimlarni takomillashtirish, energiya va suv resurslaridan tejamkor foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu bilan birga, xalqaro injiniring kompaniyalari bilan hamkorlikda gravitatsiya, flotatsiya, konsentratni quritish va qoldiqlarni quyuqlashtirish kabi texnologik jarayonlarni takomillashtirish, shuningdek, xorijiy moliya institutlaridan mablag‘ jalb qilish uchun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash choralari belgilangan.

Yig‘ilish yakunida mutasadialarga 4-mis boyitish fabrikasi uchun zarur yer maydonlarini ajratish, qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini davom ettirish, bazaviy injiniring hujjatlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda loyihani bosqichma-bosqich ishga tushirish rejalarini aniqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 04:12

    Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi

    Davlat rahbari o‘z murojaatida tabiiy ofat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularning dardiga sherik ekanini ta’kidlagan.

    'O'zbekiston havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimiga o'tadi'ning rasmi

    SIYOSAT 08.06.2026 17:47

    O'zbekiston havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimiga o'tadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimot bilan tanishdi.

    'Oliygoh bitiruvchilarining bandligini ta'minlash bo'yicha yangi choralar belgilandi'ning rasmi

    SIYOSAT 08.06.2026 17:14

    Oliygoh bitiruvchilarining bandligini ta'minlash bo'yicha yangi choralar belgilandi

    2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda.

    'Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchidir'ning rasmi

    SIYOSAT 05.06.2026 15:53

    Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchidir

    Davlat rahbari so'nggi o'n yilda ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlas hajmi 4 milliard dollardan 13 milliard dollargacha oshganini ma'lum qildi.

    'Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 05.06.2026 03:14

    Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi

    Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

    'Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 16:13

    Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi

    Suhbatda milliy yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish va sohada kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.