AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga yana dronlar bilan hujum qildi

Bildirilishicha, Rossiya tomonidan mamlakatga 150 dron va 70 artilleriya hujumi amalga oshirilgan.

'Rossiya Ukrainaga yana dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

Rossiya qurolli kuchlari 9 may sulhga qaramay, Ukraina hududlarini tinimsiz o‘qqa tutmoqda. Zaporoje viloyati rahbari Ivan Fedorovning ma’lum qilishicha, so‘nggi sutkada Rossiya tomonidan 150 dron va 70 artilleriya hujumi amalga oshirilgan. Bu hujumlar oqibatida bir nafar ayol halok bo‘lgan.

Xerson viloyatida ham dron hujumi oqibatida 60 yoshli erkak og‘ir tan jarohati olgan. Viloyat rahbarlari Rossiya kuchlari viloyatdagi 20 ta aholi punktiga o‘t ochganini bildirdi.

Dnepropetrovsk viloyatidagi Nikopol shahri va atrof hududlar ham nishonga olingan. 83 yoshli erkak yaralangani, ayrim joylarda yong‘in yuzaga kelgani ma’lum qilindi.

Bu orada Rossiyaning Belgorod va Kursk viloyatlarida dronlar xavfi sababli havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi. Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov dronlar viloyat ma’muriyati binosiga hujum qilganini, hattoki dron uning kabinetiga yo‘nalgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar