AsosiyDunyo

Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?

Joriy yilning 15-may kunida Ukraina yetakchisi hamda Rossiya rahbari Turkiyada muzokara o‘tkazishga kelishdi.

'Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini bildirdi.

U 2025-yilning 15-mayda, Turkiyada uchrashuv bo‘lishini kutmoqda. Zelenskiy o‘zining Telegram sahifasida shunday yozdi:

“Biz o‘t ochishni to‘xtatishni kutyapmiz – butunlay va uzoq muddatga. Diplomatik muzokaralarga imkon bo‘lishi kerak. O‘limlarni cho‘zishning foydasi yo‘q. Putinni Turkiyada kutaman. ” – deb yozadi u.

Bu bayonotga AQSH prezidenti Donald Tramp munosabat bildirdi. U Ukrainani Putinning muzokara taklifini qabul qilishga chaqirgan.

“Hech bo‘lmasa ular bitim tuza olishadimi-yo‘qmi, bilib olishadi. Agar yo‘q bo‘lsa, Yevropa va AQSH qanday harakat qilishni aniqlaydi,” – deya yozadi Tramp.

    Boshqa yangiliklar