AsosiyDunyo

Makron: Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkin

Fransiya yetakchisi bu haqda “TF1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

'Makron: Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkin'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, agar Rossiya Ukrainada 30 kunlik sulhga rozi bo‘lmasa, Yevropa Ittifoqi AQSh bilan kelishilgan holda unga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishi mumkin. Bu haqda u TF1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Makron sulh zarurligini ta’kidlab, bu orqali “hududiy masalalarni hal qilishga yordam beradigan muzokaralar”ni boshlash mumkinligini qayd etdi.

Shu bilan birga, u “hatto ukrainaliklarning o‘zi ham 2014-yildan buyon yo‘qotilgan barcha hududlarni qaytarib olish mumkin emasligini tushunib turishadi”, — deydi.

Fransiya prezidentiga ko‘ra, tinchlik bitimi imzolanganidan so‘ng, BMT tinchlikparvar kuchlari yoki xavfsizlikni ta’minlovchi missiyalarni joylashtirish masalasi ko‘tarilishi mumkin. Ularning vazifasi — “front chizig‘idan uzoq hududlarda joylashib, Rossiyani mojaroni davom ettirishdan tiyib turish” bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Makron asosiy xavfsizlik kafolati sifatida “kuchli ukrain armiyasi” bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar