AsosiyJamiyat

Usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

'Usta dehqonlarga  subsidiya ajratiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (317-son, 13.05.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizom Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar jamg‘arma hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari hisoblanadi:

▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;

▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

▪️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratish;

Hududiy mehnat organi "mahalla yettiligi" tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni o‘rganib chiqadi.

 Vazirlik o‘n ish kunida takliflarni o‘rganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yadigan usta dehqonlarni tanlaydi.

Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani "Onlayn mahalla" elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.

    Boshqa yangiliklar