AsosiyDunyo

Putin 2025 yil oxirigacha Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olmoqchi

Putin o‘z armiyasi yil oxirigacha Ukraina himoya chizig‘ini buzib o‘tib, Rossiya bosib olishga urinayotgan viloyatlarni to‘liq nazoratga olishga ishonmoqda.

'Putin 2025 yil oxirigacha Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olmoqchi'ning rasmi

“Bloomberg” xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muloqotdan oldin, front chizig‘ida ustunlikka ega ekanligi va 2025 yil oxirigacha Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olishga urinayotgani – tinchlik bo‘yicha muzokaralarni samarasiz qilib qo‘yadi.

“Putin o‘z armiyasi yil oxirigacha Ukraina himoya chizig‘ini buzib o‘tib, Rossiya bosib olishga urinayotgan viloyatlarni to‘liq nazoratga olishga ishonadi… Bu shunchaki ikkala rahbar gaplashganda Putin Trampga hech qanday muhim imtiyoz bermaydi degani,”—deb keltirilgan “Bloomberg” nashrida. 

Nashrning yozishicha, Tramp to‘liq miqyosdagi urushni tezda tugatishga intilmoqda va sulh bitimi tuzishga oshiqmoqda. Putin esa o‘t ochishni to‘xtatish niyati borligiga shiora qiladigan alomatlar namoyish etmayapti – rus armiyasi hech bir to‘xtovlarsiz ilgarilashda davom etyapti. 

Kremlga yaqin manbalar “Bloomberg”ga Putin o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lsa, davomli urushga tayyor ekanini, tinchlik o‘rnatish haqidagi gaplar unga ta’sir qilmasligini ma’lum qilishgan. U shuningdek, agar Tramp ishga solish bilan qo‘rqitayotgan yangi AQSH sanksiyalari joriy etilishidan ham xavotir olayotgani yo‘q. Putin faqat zo‘ravonlik va kuchni tushunadi, biroq hozircha hech kim kuch ko‘rsatish imkoniyatiga yoki istagiga ega emas.

Shu bilan birga, Putinning jang maydonidagi natijalarga ishonchi G‘arb baholariga zid. Yevropa rasmiylariga ko‘ra, to‘rt yildan ortiq davom etgan urushda katta yo‘qotishlarga uchragan Rossiyada Putinning maqsadlariga yetishish uchun yetarli imkoniyat yo‘q.

“Bu shubha Rossiya Qurolli Kuchlarida ham keng tarqalgan, Vladimir shahridagi Mudofaa vazirligiga yaqin bir kishiga ko‘ra, Ukraina dron kuchlari Rossiyaga katta miqyosdagi hujumlarni tashkil etishni qimmat va samarasiz qilmoqda,”— deb yozgan “Bloomberg”.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar