AsosiyJamiyat

Toshkentda cho‘kayotgan qizlarni qutqargan erkak halok bo‘ldi

Bildirilishicha, erkak 43 yoshda bo‘lgan.

'Toshkentda cho‘kayotgan qizlarni qutqargan erkak halok bo‘ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 5 may kuni Toshkentning Bo‘rijar kanaliga ikki qiz tushib ketgani va ularni qutqarishga kanalga tushgan 43 yoshli A.S. cho‘kib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan voyaga yetmagan qizlarni qutqargan erkak halok bo‘lgani yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

“Ushbu voqeada jasorat ko‘rsatgan marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, — deydi Shamsutdinov.

    Boshqa yangiliklar