AsosiyJamiyat

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1 iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi

Bu o‘zgarish O‘zbekistonning faqat ayrim hududlarda joriy etiladi.

'Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1 iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi'ning rasmi

O‘zbekistondagi ayrim oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1 iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi. Bu haqda prezidentning 19 maydagi farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan quyidagi hududlarda tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli (tajriba-sinov loyihasi) joriy qilinadi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani;
  • Andijon viloyati Asaka tumani;
  • Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani;
  • Jizzax viloyati G‘allaorol tumani;
  • Qashqadaryo viloyati Kitob tumani;
  • Navoiy viloyati Xatirchi tumani;
  • Namangan viloyati Chortoq tumani;
  • Samarqand viloyati Samarqand shahri hamda Bulung‘ur va Ishtixon tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati Denov tumani;
  • Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani;
  • Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri;
  • Farg‘ona viloyati Quva tumani;
  • Xorazm viloyati Shovot tumani.

2026 yil 1 yanvardan esa Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida ushbu tajriba-sinov loyihasi joriy qilinadi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida:

  • oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi;
  • aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi;
  • oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
  • oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, aholiga tibbiy xizmatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasining yo‘llanmasi asosida bepul ko‘rsatiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bundan mustasno).

Kafolatlangan paketga kiritilmagan qo‘shimcha tibbiy yordam hamda oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasi mavjud bo‘lmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilingan fuqarolarga tibbiy yordam pullik asosda ko‘rsatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 17:44

    'Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 16:18

    Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 16:07

    O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi

    Professor-o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

    'Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 14:19

    Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

    Uning ichidan chiqqan tangalarning o‘zi 3,7 kiloga teng bo‘lib, qiymati 360 ming dollarga yetadi.

    'Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 10:55

    Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi

    Shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida ko‘paytiriladi.

    'Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 20:33

    Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga viloyat hokimligi oydinlik kiritdi.