Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida fuqaro J.A. AQSHda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, ikki kishini tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Amerikaga borishi uchun viza olib berishini aytgan. Evaziga 22 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bektemir tumanida esa S.N. fuqarolar M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.