AsosiyDunyo

Endi Rossiyada migrantlarning birdan ortiq telefon raqam ishlatishi taqiqlanishi mumkin

Ushbu qonun loyihasi milliy manfaatlarni himoya qilish va fuqarolar uchun xavfsizroq muhit yaratishga qaratilgan.

'Endi Rossiyada migrantlarning birdan ortiq telefon raqam ishlatishi taqiqlanishi mumkin'ning rasmi

Rossiyada migrantlarga bir nechta abonent raqamlariga egalik qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

"Xorijiy fuqarolarning bir dona abonent raqamidan ortig‘iga egalik qilishini cheklash zarurati haqidagi qonun loyihasi mamlakatda xavfsizlik darajasini oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. U milliy manfaatlarni himoya qilish va fuqarolar uchun xavfsizroq muhit yaratishga qaratilgan. Ushbu qonunni qabul qilish zamonaviy tahdid va chaqiriqlarga samarali javob berish, xorijiy fuqarolarning kommunikatsiyalarini nazorat qilish imkonini beradi",— deydi qo‘mita rahbari Yaroslav Nilov.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 yanvardan boshlab xorijliklarga o‘z nomlariga 10 tadan ortiq abonent raqamlarini rasmiylashtirish taqiqlangan. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aloqa operatorlari bilan shartnomani faqat shaxsan ofisga borib, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgan holda va majburiy biometrik ma’lumotlar orqali tuzishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar