AsosiyDunyo

Maltada va Fransiyada Falastin mustaqilligi tan olinishi kutilmoqda

Rasmiy bayonot 20-iyun kuni Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan BMT ko‘magida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinadi.

'Maltada va Fransiyada Falastin mustaqilligi tan olinishi kutilmoqda'ning rasmi

Malta bosh vaziri Robert Abela mamlakat tez orada Falastin davlatining mustaqilligini tan olishini ma’lum qildi. Bu haqda “Times of Malta” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, rasmiy bayonot 2025-yil 20-iyun kuni Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan BMT ko‘magida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinadi.

Noshir yozishicha, Maltadan tashqari yana bir nechta davlatlar ham ushbu tadbirda Falastinni rasman tan olishini e’lon qilishi kutilmoqda.

“Axios” manbasining yozishicha, shu oyda Fransiya ham mustaqil Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda. Prezident Emmanuel Makron bu rejani 2025-yil aprelida bergan intervyusida tilga olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Falastin mustaqilligini Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Sloveniya va Armaniston rasman tan olgan edi.

    Boshqa yangiliklar