AsosiyDunyo

Tramp: Bayden ma’muriyati mamlakatni vayron qilishga urinib, noqonuniy muhojirlikka yo‘l ochdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Jo Bayden ma’muriyatini keskin tanqid qildi. U Baydenning vakolat muddati davomida mamlakat xavfsizligiga jiddiy putur yetkazilganini ta’kidladi.

'Tramp: Bayden ma’muriyati mamlakatni vayron qilishga urinib, noqonuniy muhojirlikka yo‘l ochdi'ning rasmi

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xotira kuni munosabati bilan bildirgan tabrigida Bayden ma’muriyatining so‘nggi to‘rt yildagi siyosatini “mamlakatni vayron qiluvchi” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, “radikal so‘l” g‘oyalarga tayangan rasmiylar 21 million odamning AQSH hududiga noqonuniy kirishiga yo‘l ochgan.

“Hatto mamlakatimizni buzish uchun so‘nggi to‘rt yil ichida bor kuchini sarflagan ‘sarqitlar’ni ham Xotira kuni bilan tabriklayman”, – deydi Tramp.

U shuningdek, amerikalik sudyalardan mamlakatni “do‘zaxga yetaklovchi qarorlar”dan asrashini so‘rab, fuqarolarni qo‘rqmaslikka va “Amerikani yana buyuk va xavfsiz qilish” uchun harakat qilishga chaqirdi.

20-may kuni Tramp yana bir bor Bayden ma’muriyatini tanqid ostiga oldi. Unga ko‘ra, Bayden ko‘plab rasmiy hujjatlarni shaxsan imzolamagan, balki bu ishni “radikal so‘l telbalar” amalga oshirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'WSJ: Tramp Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi yoki Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 17:45

    WSJ: Tramp Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi yoki Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkin

    U Putinning Ukrainaga qarshi hujumlaridan va tinchlik muzokaralarining sekin sur’atda ketayotganidan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda.

    'Xitoy va Eron AQSH nazoratini chetlab o‘tuvchi temiryo‘l yo‘lagini ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 17:43

    Xitoy va Eron AQSH nazoratini chetlab o‘tuvchi temiryo‘l yo‘lagini ishga tushirdi

    Bu yo‘nalish Eronning Bandar Abbos portidan boshlanib, Xitoyning g‘arbiy hududlarigacha boradi.

    'Turkiyada PAPARA to‘lov tizimi asoschisi qamoqqa olindi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 16:21

    Turkiyada PAPARA to‘lov tizimi asoschisi qamoqqa olindi

    Noqonuniy qimor va stavkalarni moliyalashtirishda muhim vositaga aylanganligi qayd etilayotgan ushbu tizim rossiyaliklar orasida ommalashgan.

    'Saudiya Arabistoni rasmiysi alkogol taqiqlanishi bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 11:15

    Saudiya Arabistoni rasmiysi alkogol taqiqlanishi bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Qirollik 73-yillik taqiqni bekor qilishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar rad etildi.

    'Germaniya hukumati Garvard universitetini o‘z hududida kampus ochishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 07:00

    Germaniya hukumati Garvard universitetini o‘z hududida kampus ochishga chaqirdi

    Ushbu taklifni Germaniya Federativ Respublikasining madaniyat vaziri Volfram Vaymer ilgari surdi.

    'Qirg‘iziston Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolash uchun maydon taqdim etishga tayyor'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2025 06:52

    Qirg‘iziston Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolash uchun maydon taqdim etishga tayyor

    Avvalroq, Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuvi loyihasidagi 17 banddan so‘nggi 2 nozik masala yuzasidan kelishuvga erishganini e’lon qilgandi.