Niderlandiya maxsus xizmatlari “Laundry Bear” nomli xakerlar guruhini aniqladi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh Niderlandiya politsiyasi, NATO va bir qator Yevropa davlatlarining muhim muassasalariga, jumladan, maxfiy xizmatlarga kiberhujum uyushtirgan.
Xakerlarning asosiy maqsadi — G‘arb davlatlarining Ukrainaga yetkazayotgan qurollari, shuningdek harbiy texnika ishlab chiqarish va xaridlari haqida ma’lumot to‘plash bo‘lgan.
Niderlandiya razvedkasi “Laundry Bear “guruhining Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtirilganiga ishonmoqda.