AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga “manfaatli” bir taklif bilan chiqdi. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.
"Agar siz 51-shtat bo‘lsangiz, bizning “oltin gumbaz” raketa hujumidan mudofaa tizimimiz sizga bepul tushadi!", — deydi Tramp
Gap shundaki, Kanada AQSHning hali loyihadan nariga o‘tmagan “Golden Dome” PVO tizimiga juda qiziqib qolgan. Tizimning narxi – 61 milliard dollar turadi.
Lekin Tramp bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi:
“Agar ular bizning shtat bo‘lishsa, bu tizim bepul bo‘ladi. Ular bu taklifni jiddiy ko‘rib chiqyapti!”
Bu orada Kanadada Britaniya qiroli Charlz III parlamentda tantanali nutq so‘zlab, rasmiy mehmon sifatida kutib olindi.
E’tiborli jihati – uni mamlakatga Kanada Bosh vaziri Mark Karni taklif qilgan. U esa Trampni yaxshi ko‘rmaydiganlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.
Karni keyinroq “CBC” nashrigaga bergan intervyusida shunday dedi:
“Umid qilamanki, 1-iyulgacha biz Yevropaning yangi harbiy dasturi ReArm Europega qo‘shilamiz.”
Bu esa Kanadaning AQSH qurol va o‘q-dorilariga bo‘lgan qaramligini kamaytiradi. Tramp bunday gaplardan, tabiiyki, norozi.