AsosiyDunyo

Germaniyada 20 yillik tanaffusdan so‘ng yangi yo‘lovchi samolyoti ishlab chiqildi

Unda 40 nafargacha yo‘lovchi uchun joy mavjud.

'Germaniyada 20 yillik tanaffusdan so‘ng yangi yo‘lovchi samolyoti ishlab chiqildi'ning rasmi

Germaniyaning “Deutsche Aircraft”kompaniyasi so‘nggi 20 yil ichida mamlakatda ilk bor ishlab chiqilgan yangi yo‘lovchi samolyoti — “D328eco” modelini taqdim etdi.

Yangi avialayner 2026 yilda ishlab chiqarila boshlashi rejalashtirilgan. Samolyotning yig‘ilishi Leyptsig shahrida amalga oshiriladi.

“D328eco” modeli ilgari mavjud bo‘lgan “Dornier 328” samolyoti bazasida yaratilgan bo‘lib, u qisqa masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan.

Samolyot zamonaviy, iqtisodiy va bioturilg‘il bilan mos turbovintli dvigatel bilan jihozlanadi. Unda 40 nafargacha yo‘lovchi uchun joy mavjud.

Bundan tashqari, mazkur samolyot yuk tashish, harbiy xizmatchilarni ko‘chirish, tibbiy evakuatsiya hamda chegara xavfsizligini ta’minlash kabi boshqa yo‘nalishlarda ham foydalanilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar