AsosiyDunyo

Rossiya Ukraina bilan muzokaralarning 2-bosqichini o‘tkazishni taklif qildi

Delegatsiyaga Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi.

'Rossiya Ukraina bilan muzokaralarning 2-bosqichini o‘tkazishni taklif qildi'ning rasmi

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, Moskva Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi bosqichini 2025-yil 2-iyun, dushanba kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qilgan.

“Rossiya tomoni, kelishuvga muvofiq, inqiroz sabablarini barqaror bartaraf etish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aks ettiruvchi tegishli memorandumni tez fursatda ishlab chiqdi. Bizning delegatsiyamiz — Vladimir Medinskiy boshchiligida — ushbu memorandumni Ukraina tomoniga taqdim etishga va zarur tushuntirishlar berishga tayyor”, — deydi Lavrov.

Rasmiy Kiyev ushbu taklifga hozircha javob bermagan.

    Boshqa yangiliklar