AsosiyDunyo

Tramp Maskni "oltin kalit" bilan kuzatdi

Mask davlat xarajatlarini bir trillion dollarga qisqartirgan.

'Tramp Maskni "oltin kalit" bilan kuzatdi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimidan ketishini e’lon qildi va unga Oq uy tasviri tushirilgan ramziy “oltin kalit”ni topshirdi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Mask davlat xarajatlarini bir trillion dollarga qisqartirishga erishganini ta’kidladi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, u dastlab ikki trillion dollar tejashni va’da qilgan, ammo keyinchalik bu reja qisqartirilgan.

Tramp Maskni “dunyoning eng buyuk biznes rahbarlari va innovatorlaridan biri” deb atadi. Mask esa lavozimdan ketganidan keyin ham prezidentning “do‘sti va maslahatchisi” bo‘lib qolishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar