AsosiyDunyo

Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi — 1 million GB/s

Bu 10 mingta filmni bir soniyada yuklab olish mumkinligini anglatadi.

'Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi — 1 million GB/s'ning rasmi

Yapon muhandislari internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatishdi: ular ma’lumotlarni 1 million gigabayt (1,02 petabit) tezlikda, 1 808 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo‘lishdi

Bu natija 19 ta mustaqil kanalga ega bo‘lgan maxsus optik tolali kabel yordamida amalga oshirildi. Kabelning tashqi diametri odatiy optik tolalarnikiga o‘xshash bo‘lsa-da, uning ichki tuzilishi ma’lumotlarni parallel ravishda uzatish imkonini beradi. 

Bu kabi texnologiyalar kelajakdagi yuqori talablarga javob berish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sun’iy intellekt, 6G va Internet narsalarining rivojlanishi bilan ma’lumot trafigi keskin oshishi kutilmoqda. 

Hozircha bu natijalar laboratoriya sharoitida erishilgan bo‘lsa-da, ular kelajakdagi yuqori tezlikdagi internet infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar