AsosiyDunyo

Turkiyada yana yuqori magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hodisa ortidan 69 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

'Turkiyada yana yuqori magnitudali zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

Turkiyaning janubi-g‘arbiy sohillarida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Egey dengizida, Marmaris shahridan 10,43 km uzoqlikda. Zilzila o‘chog‘i esa 67,91 kilometr chuqurlikda joylashgan. Mug‘la gubernatori Idris Oqbiyiq zilziladan keyin vahimaga tushib balandlikdan sakragan 34 kishi jarohatlanganini aytgan.

Hozirda jami jarohatlanganlar soni 69 kishini tashkil etmoqda. Yer silkinishi tufayli 14 yoshli bola vahimaga tushib, vafot etgan.

Jami 55 kishi shifoxonalarga murojaat qilgan. 14 nafar odam shifoxonaga borishga rozi bo‘lmay, joyida davolangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Turkiyaning eng yirik megapolisi – Istanbul shahrida kuchli yer silkinishi qayd etilgan edi.

Shu vaqtda mahalliy OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, tektonik harakatlarning kuchi 6,2 ballga yetgan.

    Boshqa yangiliklar