AsosiyJamiyat

Italiya 2026 yildan o‘zbekistonliklar uchun 1500 ta bo‘sh ish o‘rni ajratishga qaror qildi

Bu haqda ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi ma’lum qildi.

'Italiya 2026 yildan o‘zbekistonliklar uchun 1500 ta bo‘sh ish o‘rni ajratishga qaror qildi'ning rasmi

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Italiya bosh vazirining joriy yil 29 maydagi mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan - Migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumining ijrosi va amaliyotga joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Imzolangan Anglashuv memorandumi — tarixiy hujjat, uni ustida juda ko‘p ishlandi, kelishuvni tezroq hayotga tatbiq qilish tarafdoriman. Migratsiya muhim yo‘nalish sanaladi, O‘zbekiston esa bu sohadagi boy tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun namuna bo‘la oladi , - dedi Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini

Shuningdek, Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori ekanligi qayd etildi. Italiya tomoni 2026 yildan boshlab, o‘zbekistonliklarga 1500 ta bo‘sh ish o‘rni uchun kvota ajratilganligini ma’lum qildi.

Aytib o‘tish lozimki, hozirda Italiyada noqonuniy maqomdagi O‘zbekiston fuqarosi yo‘qligi, hamkorlikni yanada samarali amalga oshirishga katta turtki bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar