AsosiyDunyo

Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Hindistonning loukoster aviakompaniyasi Toshkentga ikkinchi yo‘nalishni ochmoqda.

'Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda'ning rasmi

2025 yil 1 avgustdan aviatashuvchi Mumbay-Toshkent-Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reyslar haftasiga to‘rt marta dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar qildi.

Airbus - bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar soni va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. Airbus 2023 yil sentyabr oyidan Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar