Yangi Zelandiya parlamentida o‘tgan yili an’anaviy “haka” raqsini ijro etib, hukumat siyosatiga norozilik bildirgan uch nafar deputat jazoga tortildi. Ularning harakatlari mamlakatda milliy kelishuv masalalariga oid keskin bahslarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.
Parlament a’zosi “Hana-Rawhiti Maipi-Clarke”ga 7 kunlik chetlatish jazosini qo‘llagan parlament, “Maoriy”partiyasi yetakchilari — Rawiri Waititi va Debbie Ngarewa-Packerga nisbatan esa 21 kunlik taqiq joriy etdi.
Deputatlar hukumatning milliy shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan qonun loyihasiga qarshi chiqqan. Aynan ushbu qonun loyihasi parlamentda ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan va yakunda rad etilgan.
“Maipi-Clark” hukm e’lon qilingach, “Bizning ovozimiz bu binoga juda balandmi — shu sabab jazolanmayapmizmi?” deya o‘z noroziligini ifoda etgan.
Bu holat Yangi Zelandiya parlamentida milliy ozchiliklar manfaatlarini ifoda etuvchi deputatlarga nisbatan ilk bor bunday qat’iy choralar qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi.