Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
- diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- 2025−2026 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- 2025−2026 yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.
Avvalroq O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlashni oshirish, avtomobil qismlarini mahalliylashtirish, turizm va farmatsevtika sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olgani haqida xabar qilgandik.