“The Wall Street Journal” manbalariga ko‘ra, 6 iyun kuni AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens va Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls Ilon Mask bilan bog‘lanib, prezident Donald Tramp bilan ochiq ijtimoiy mojaroni tugatishga chaqirgan.
Ushbu murojaatdan bir kun avval Mask va Tramp o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda ochiq bahs yuz bergandi. Mask Respublikachilar partiyasi tomonidan ilgari surilgan, budjet tanqisligini oshirishi mumkin bo‘lgan soliq imtiyozlari qonun loyihasini keskin tanqid qilgach, Tramp ham javoban unga hujum qildi.
Bahs chog‘ida Mask Tramp nomi Jeffri Epsteyn ishida tilga olinganini ham eslatdi, biroq keyinchalik ushbu postni izohsiz o‘chirib tashlagan.
10 iyun kuni esa Mask omma oldida kechirim so‘rab, “prezidentga nisbatan yozilgan ayrim postlaridan afsusdaligini” bildirgan.