AsosiyJamiyat

O‘zbekiston Isroil va Eronni harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV ikki davlat mojarosi keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha harakatlarga ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

'O‘zbekiston Isroil va Eronni harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi'ning rasmi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga hujumlari yuzasidan xavotir bildirdi

Vazirlik barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirmoqda. Shuningdek, mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqiramiz.

Keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi”, deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar