AsosiySiyosat

O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirgan fuqarolarga ism-sharifini o‘zgartirishga ruxsat berildi

Bu haqda fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish qoidalariga kiritilgan hukumat qaroriga binoan o‘zgarishlar kiritildi.

'O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirgan fuqarolarga ism-sharifini o‘zgartirishga ruxsat berildi'ning rasmi

O‘zbekistonda endilikda jinsini o‘zgartirish holati ism, familiya va otasining ismini o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasi 12 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shunigdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, endilikda jinsini o‘zgartirgan fuqaro ism, familiya va otasining ismini o‘zgartirish haqida ham ariza bera oladi. Buning uchun sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan jinsni o‘zgartirish to‘g‘risida berilgan tibbiy xulosa taqdim etilishi kerak.

Qoidalarning yangi tahririga ko‘ra, FIO quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq;
  • Sud qaroriga asosan;
  • Agar ism yoki familiya noxush yoki yoqimsiz eshitilsa;
  • Agar ism yoki familiya milliylikka mos kelmasa;
  • Istak bo‘yicha – turmush qurishdan oldingi familiyaga qaytish (turmush davrida yoki ajrashgach);
  • Oila a’zolari umumiy familiya olishni istasa (agar nikoh tuzilganida bunday familiya olinmagan bo‘lsa);
  • Farzandlarning otasi, onasi, onaning turmushdan oldingi familyasi yoki o‘gay ota/vasiy familiyasini olishini istash holatida;
  • 16 yoshga to‘lgan shaxs uchun otalikni belgilashda;
  • Jins o‘zgartirilganda.

    Boshqa yangiliklar