AsosiyJamiyat

Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

'Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi'ning rasmi

Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb qilish hamda o‘qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

Ayrim toifadagi o‘quvchilar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi. 

O‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish YAIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 1 nafar o‘quvchiga har bir to‘garak uchun 1 oylik to‘lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:

7-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;

12-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun umumta’lim fanlari, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun xorijiy til yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;

15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.

To‘garak to‘lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31